So‘nggi:
JCHdagi birinchi o‘yin sabab o‘zbekistonliklarga dam olish kuni berish taklif qilindiSportO‘zbekistonda Amazon Leo kompaniyasining yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladiJamiyatMirziyoyev TMIFda 6 ta ustuvor yo‘nalishni belgiladiJamiyatO‘zbek amaldorlari uchun korrupsiyaga qarshi noodatiy qamoqxona ekskursiyasi tashkil etildiJamiyatJismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindiJamiyatKo‘ksaroyda Ziroat Mirziyoyeva va Albaniya birinchi xonimining uchrashuvi bo‘lib o‘tdiSiyosatTurk investorlari Imom Buxoriy majmuasini boshqarishga qiziqish bildirmoqdaIqtisodiyotHumo Arenada Uzcard Football Fest bo‘lib o‘tadiJamiyatMirziyoyev AQSH Eksimbanki va DFC rahbarlarini qabul qildiDunyoShvetsiyada yomon xulq-atvorga ega immigrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladiDunyo

O‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadi

O‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadi

Qonunchilik palatasi Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Endi ish joyida tegajog‘lik hamda xodimlarni teri rangi yoki siyosiy qarashlari sababli kamsitish qonunan man etiladi.

Ushbu islohot xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunchilikka joriy etish hamda ish joylarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Yangi normalarga ko‘ra, Mehnat kodeksiga “xarassment” (tegajog‘lik va tazyiqlar) tushunchasi kiritilib, unga nisbatan qat’iy taqiq belgilanmoqda. Shuningdek, xodimlarni kamsitish taqiqlanadigan holatlar ro‘yxati kengaytirilib, unga “siyosiy qarashlar” hamda “teri rangi” kabi yangi mezonlar qo‘shildi. Endilikda ish beruvchilar xodimlarni ushbu belgilar bo‘yicha kamsitishga haqli emas.

Deputatlarning fikricha, ushbu qonuniy choralar mehnat munosabatlarida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilishni yangi bosqichga olib chiqadi. Bu o‘zgarishlar nafaqat ichki mehnat bozoridagi nizolarni kamaytiradi, balki O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy nufuzini yanada mustahkamlaydi.