O‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyat

Bekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildi

Bekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida 19 yoshli yigit o‘z onasini pichoqlab, tiriklayin yoqib yuborgani uchun 18 yilga qamaldi. Qotillikka bemor chaqaloqning dorilariga pul berilmagani sabab bo‘lgan.

Mudhish voqea joriy yilning 10-fevralidan 11-fevraliga o‘tar kechasi Bekoboddagi “Birdamlik” mahallasida sodir bo‘lgan. Tonggi soat 4:30 larda Vatanparvar ko‘chasidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqayotgani haqida qutqaruvchilarga xabar kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar alanganing ichidan uy bekasining kuygan jasadini topishgan, uning ko‘krak qismiga oshxona pichog‘i sanchilgan holatda bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayol pichoq zarbidan so‘ng darhol o‘lmagan. Uning tanasidagi 100 foizlik kuyish jarohatlari u hali tirik bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgani aniqlandi. Ya’ni, bag‘ritosh o‘g‘il onasini pichoqlab, u hali jon taslim qilmasdan turib uyga o‘t qo‘ygan.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, marhuma ayol 2018-yildan buyon Istanbulda enaga va xizmatchi bo‘lib ishlab kelgan hamda oilasiga har oy pul jo‘natib turgan. U Turkiyada o‘z shaxsiy hayotini yo‘lga qo‘yib, chet ellik erkakka turmushga chiqishni rejalashtirgan. 2025-yil dekabrida u Bekobodga qaytadi, ammo oila qayta tiklanmaydi.

Shu vaqt ichida uning 19 yoshli katta o‘g‘li shar’iy nikoh asosida yashab boshlagan va 3-fevral kuni uning og‘ir xastalik bilan farzandi dunyoga keladi. Chaqaloqning dori-darmonlariga kuniga qariyb 2 million so‘m pul kerak bo‘lgan. Tayyinli daromadi bo‘lmagan yosh ota onasidan bir necha bor pul so‘raydi, biroq rad javobini oladi.

11-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan navbatdagi dahanaki jang paytida ona o‘g‘illari va eri uning turkiyalik qaylig‘ining «tirnog‘iga ham arziymasligini» aytadi. G‘azab otiga mingan yigit stoldagi pichoq bilan onasining qorniga ikki marta uradi. Ayol yiqilib, suv so‘raganida, o‘g‘il: «Suvni senga turkiyalik ering beradi», deb uning ko‘kragiga halokatli zarbani yo‘llaydi.

Jinoyat izlarini yashirish va jazo Yigit jinoyatni yashirish uchun yotoqxonadagi 2 million so‘m pulni olib, divanga o‘t qo‘yadi va darvozani qulflab, taksida Toshkentga qochib ketadi. Poytaxtdagi tug‘ruqxonaga borib, pulning bir qismini qaynonasiga dori uchun beradi va mehmonxonaga joylashadi. Bir necha soatdan keyin u tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Sudda yigit aybiga to‘liq iqror bo‘ldi va buni chorasizlik hamda go‘dagining hayotini saqlab qolish istagi bilan izohladi. Sud sudlanuvchining yoshini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini va qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandi borligini inobatga olib, uni 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Jazo umumiy tartibli koloniyada o‘taladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish