So‘nggi:
Bu yilgi yozda O‘zbekistonda havo harorati 47° gacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatO‘qituvchilarning ortida armiya va Prezident turibdi — IIV maktabdagi janjalga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda Qurbon hayiti namozi sababli bir qator ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadiJamiyatQurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha davlat muzeylariga chiptalar narxi arzonlashtiriladiJamiyatO‘zbekistonliklarga 31-maygacha svet va gaz hisobini to‘ldirish tavsiya qilindiJamiyatO‘zbekistonda Centrum Air va Qanot Sharq faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandiJamiyatO‘zbekistonning Jahon chempionatidagi raqibi JCH oldidan 21 kunlik karantinga olinadiSportToshkentda oquvchi bilan urushgan informatika oqituvchisi ustidan ochilgan jinoiy ish yopildiJamiyatO‘zbekiston bozorlarida salomatlik uchun xavfli bo‘lgan oshxona idishlari aniqlandiJamiyatO‘zbekistonda joriy yilda maktabni bitirgan o‘quvchilar soni ochiqlandiJamiyat

Rasul Kusherbayev Toshkent hokimi faoliyatini tanqid qildi

Rasul Kusherbayev Toshkent hokimi faoliyatini tanqid qildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi raisi maslahatchisi Rasul Kusherbayev Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov va poytaxt hokimiyati faoliyatini keskin tanqid qildi.

U video murojaat e’lon qilib, Toshkent rahbariyati faoliyati Konstitutsiya tamoyillariga zid ekanini va fuqarolar ishonchiga putur yetkazayotganini ta’kidladi.

Sobiq deputatning fikricha, poytaxtdagi ayrim qarorlar tadbirkorlar hisobidan daromad olishga qaratilgan bo‘lib, aholi manfaatlari yetarli darajada inobatga olinmayapti.

Kusherbayevning aytishicha, shaharda ko‘plab xususiy mulk obyektlari, jumladan do‘kon-bekatlar va elektromobil quvvatlash stansiyalari sud qarorisiz buzilayotgani kuzatilmoqda.

Shuningdek, u Toshkentni “yashil shahar”ga aylantirish haqidagi va’dalar amalda bajarilmayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, daraxtlarning kesilishi va rekreatsiya hududlarining qurilish uchun ajratilishi havo sifatining yomonlashishiga hamda aholida allergik kasalliklar ko‘payishiga olib kelmoqda.

Sobiq deputat ayrim tashabbuslar — pullik avtoturargohlar, reklama yozuvlari uchun soliqlar va boshqa to‘lovlar — “xalq manfaatlari” nomi ostida joriy etilayotganini aytdi.

Kusherbayevning fikricha, bunday qarorlar jamiyat va investorlar orasida ishonchni kamaytirishi mumkin.

U boshqaruv tizimidagi muammolardan chiqish yo‘li sifatida hokimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash tizimini joriy etishni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, rahbarlarning saylovchilar oldida hisobdor bo‘lishi fuqarolar manfaatlarini hurmat qiladigan boshqaruvni shakllantirishga yordam beradi.