So‘nggi:
Toshkentda notanish tunda uylarning eshik tutqichlarini tortib, kirishga urinib yurgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonda bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkinJamiyatKola, chips va tamaki sotuvidan tushgan mablag‘ saratonni davolashga yo‘naltiriladiSiyosatShavkat Mirziyoyev jurnalistlarni tabrikladiJamiyatBoysundagi gaz konida yuz bergan avariya 2027-yilning birinchi yarmida to‘liq bartaraf etiladiJamiyatToshkentning Yunusobod tumanida besh yoshli qizcha hojatxona chuqurligiga tushib ketdiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda anomal issiq harorat kutilmoqdaJamiyatLukashenko Rossiya elchisidan Belarusni urushga jalb etmaslikni so‘radiDunyoO‘zbekiston dunyo maoshlar reytingida 117-o‘rinni egalladiIqtisodiyotO‘zbekistonda ko‘chmas mulkni baholashning yangi yagona metodikasi joriy etiladiJamiyat

PPX xodimi tomonidan qizlarga nisbatan haqoratli harakatlar haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — IIBB

PPX xodimi tomonidan qizlarga nisbatan haqoratli harakatlar haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda PPX xodimining voyaga yetmagan qizlarga nisbatan haqoratli harakatlari haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb ma’lum qildi Toshkent viloyati IIBB.

Eslatib o‘tamiz

⚡ ПОСМОТРЕТЬ

, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda PPX xodimi ikki qizni majburan tog‘ga olib chiqib, ularga nisbatan nomaqbul harakatlar qilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Keyinroq esa ushbu xodim xizmat vazifasidan chetlatilgani haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan.

Toshkent viloyati IIBB holatni o‘rganib chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu xabarlar tasdiqlanmaganini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27-aprel kuni soat 00:40 da O‘rta Chirchiq tumani IIB PPX xodimiga uning tanishi bo‘lgan 22 yoshli A. K. qo‘ng‘iroq qilib, maslahat olish uchun uyiga kelishini so‘ragan.

Uchrashuvga A. K. bilan birga uning 14 yoshli tanishi ham chiqqan va ular ikkalasi xodimning avtomobiliga o‘tirgan.

Shu paytda avtomobil yoniga 18 yoshli A. X. o‘zining to‘rt nafar tanishi bilan kelib, video murojaat yozib olgani aytiladi. U xodimga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, janjal keltirib chiqargan. Ta’kidlanishicha, u ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek 14 yoshli qizning qarindoshi emas.

IIBB, shuningdek, ishda voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgani sababli barcha tafsilotlar hozircha to‘liq oshkor etilmasligini bildirdi.

“Yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxslarga nisbatan ma’muriy, og‘ir oqibatlar yuzaga kelgan taqdirda esa jinoiy javobgarlik choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.