O‘zbekistonda 12 yillik maktab ta’limiga o‘tish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindiJamiyatToshkentda fohishalik bilan shug‘ullangan erkak 5 sutkaga qamalib, jarimaga tortildiJamiyatEndi my.gov.uz orqali kvartira olishdan oldin quruvchini tekshirish mumkinJamiyatO‘zbekiston tarixdagi ilk UFC turnirini qabul qilishga tayyorlanmoqdaSportMarkaziy bank lotin alifbosidagi o‘zgarishlar sabab naqd pullarni almashtirish kerakmi yoki yo‘qligini tushuntirdiJamiyatO‘zLiDeP navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida hududiy konferensiyalar o‘tkazilmoqdaSiyosatAbdumalik Nazirov O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandiSiyosatO‘zbekistonda hafta anomal +29 daraja issiq bilan boshlanadiJamiyatGTA VI bir sutkada qariyb $4 mlrd ishlab topib, kino prokati rekordini ham ortda qoldirdiDunyoO‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadiJamiyat

O‘zbekistonda 12 yillik maktab ta’limiga o‘tish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

O‘zbekistonda 12 yillik maktab ta’limiga o‘tish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Qonunchilik palatasi deputatlari majburiy umumiy o‘rta ta’limni 11 yildan 12 yilgacha uzaytirish va bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy bosqich etish haqidagi qonunni qabul qildi. Hujjat Senatga yuborildi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari 24-noyabr kuni maktabgacha va maktab ta’limini integratsiya qilish hamda majburiy umumiy o‘rta ta’lim muddatini 11 yildan 12 yilgacha uzaytirishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Yangi tizimga ko‘ra, bir yillik maktabga tayyorlov umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi etib belgilanadi.Hujjat ma’qullash uchun Senatga yuborildi.

12 yillik ta’lim qanday tashkil etiladi

Qonun bilan «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi hamda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Loyiha mualliflari bu islohot milliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Deputat Sayyora Imomovaning ma’lum qilishicha, bugungi kunda maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga, olti yoshli bolalar qamrovi esa 98 foizga yetgan. 2027-yilda olti yoshli bolalarni bir yillik tayyorlov bilan 100 foiz qamrab olish maqsad qilingan.

Yangi tartibning asosiy shartlari quyidagicha:

  • davlat bog‘chalari va maktablarida bir yillik tayyorlov mutlaqo bepul bo‘ladi;

  • mashg‘ulotlar bog‘chalarda, maktablarning bo‘sh sinfxonalarida (hozir 4 000 dan ortiq maktabda guruhlar ochilgan,yana 191 ta maktabda 246 ta guruh tashkil etiladi), bog‘cha va maktab yo‘q chekka hududlarda esa «Kelajak» markazlari, texnikumlar hamda musiqa va san’at maktablarida o‘tkaziladi;

  • ota-onalar xohishiga ko‘ra farzandini xususiy bog‘cha yoki xususiy maktabdagi tayyorlov guruhiga berishi ham mumkin;

  • mashg‘ulotlar alohida dastur asosida o‘yin usulida olib boriladi, 100 foizlik qamrov uchun qo‘shimcha 800 ta guruh va qariyb 20 mingta yangi o‘rin yaratilib, xarajatlar 2027-yilgi davlat budjetidan qoplanadi.

Olti yoshli bolalar maqomi va ekspertlar savollari

Majlisda deputat Saydullo Azimov olti yoshli bola maktabdagi tayyorlov guruhiga borsa, u maktab o‘quvchisi sanaladimi yoki bog‘cha tarbiyalanuvchisi bo‘lib qoladimi, degan masalani ko‘tardi. Vazirlik vakili Erkin Murodov amaldagi qonunda maktabgacha yosh 7 yoshgacha etib belgilangani va bu norma o‘zgarishsiz qolishini aytdi — aks holda to‘liq kunlik bog‘chaga borayotgan 600 mingga yaqin bolaning ota-onasida qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin. Spiker Nuriddin Ismoilov esa maktabga qatnay olmaydigan bolalarga o‘qituvchilar uyiga borib dars o‘tishini ham davlat kafolatlashi lozimligini qayd etdi.

Avvalroq ta’lim sohasi eksperti Komil Jalilov yangi tizimda dasturlar takrorlanib qolmasligi muhimligini ta’kidlagan edi — ya’ni bola bir yil tayyorlovda harf o‘rganib, 1-sinfni yana «Alifbe»dan boshlamasligi kerak. Shuningdek,o‘zbekistonlik bitiruvchilar xorijiy oliygohlarda qo‘shimcha Foundation bosqichida o‘qishga majbur bo‘lmasligi uchun tizim xalqaro boshlang‘ich ta’lim (ISCED-1) talablariga javob berishi zarur.

Qonun qachondan kuchga kiradi

Deputatlar ta’lim muassasalarini yangi tizimga tayyorlash uchun kamida olti oy muddat kerakligini bildirdi. Qonun Senat tomonidan ma’qullanib, prezident imzolaganidan so‘ng kuchga kiradi.

Izohlar

    Izoh qoldirish