O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

AQSH Senati Trampning Eron bo‘yicha harbiy vakolatlarini cheklashdan bosh tortdi

AQSH Senati Trampning Eron bo‘yicha harbiy vakolatlarini cheklashdan bosh tortdi

AQSH Senati Donald Trampning Eron bo‘yicha harbiy vakolatlarini cheklashga qaratilgan rezolyutsiyani rad etdi. Bu qarar prezidentga Yaqin Sharqdagi amaliyotlarda to‘liq harakat erkinligini beradi.

AQSH Kongressining yuqori palatasi Oq uy harakatlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan demokratlar tashabbusini blokladi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, AQSH Senati Trampning Eron bo‘yicha harbiy vakolatlarini cheklashdan bosh tortdi: Tim Keyn tomonidan taklif etilgan rezolyutsiyani 47 senator qo‘llab-quvvatladi, 53 nafari esa unga qarshi chiqdi. Hujjat administratsiyadan Kongressning maxsus ruxsatisiz yoki urush e’lon qilinmasdan turib, Tehron bilan qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etishni to‘xtatishni talab qilgan edi.

Loyiha mualliflari mamlakatni keng ko‘lamli harbiy harakatlarga jalb qilish huquqi faqat qonun chiqaruvchi hokimiyatga tegishli ekanini ta’kidladilar. Biroq respublikachilar Yaqin Sharqdagi keskinlik sharoitida prezident tahdidlarga tezkor javob qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakligini bildirishdi. The Washington Post nashrining yozishicha, bu Donald Tramp inauguratsiyasidan beri muxolifatning uning vakolatlarini cheklash borasidagi sakkizinchi muvaffaqiyatsiz urinishidir.

Senatning ushbu qarori 28-fevralda boshlangan AQSH va Isroilning qo‘shma harbiy amaliyoti fonida qabul qilindi. Eron ob’ektlariga berilgan zarbalardan so‘ng, prezident Tramp strategik maqsad — yadroviy tahdidni yo‘q qilish ekanini tasdiqladi. Rezolyutsiyaning rad etilishi Oq uy uchun ichki siyosiy to‘siqlarni olib tashlab, harbiy kampaniyani parlament bilan qo‘shimcha kelishuvlarsiz davom ettirishga yo‘l ochadi.