So‘nggi:
O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyatNika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyatAQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkinDunyoGuliston tumanida chiyabori to‘rt kishiga hujum qildiJamiyatO‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyat

Vobkentda erkak kishini ishqiy yozishmalar bilan shantaj pul talab qilgan ayollar ushlandi

Vobkentda erkak kishini ishqiy yozishmalar bilan shantaj pul talab qilgan ayollar ushlandi

Buxoroda erkakni shantaj qilib, pul undirmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi. Ular shaxsiy yozishmalarni tarqatish bilan qo‘rqitib, 6,8 mln so‘m talab qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli ayol va uning 19 yoshli dugonasi o‘zaro til biriktirib, erkak bilan bo‘lgan shaxsiy yozishmalarni oshkor qilish bilan tahdid qilgan. Dastlab dugonasi ayolning o‘zini shantaj qilgan, keyinchalik esa ular birgalikda jabrlanuvchidan moddiy manfaat ko‘rishni rejalashtirishgan.

Gumonlanuvchilar yozishmalarni erkakning turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatmaslik evaziga 6 million 800 ming so‘m talab qilishgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayollar 5 million 600 ming so‘m va 100 dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslarni uzoq muddatli qamoq jazosi kutishi mumkin.