O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarani ID-kartalar orqali kesib o‘tish imkoniyatini muhokama qildiJamiyatToshkentda ayollar ko‘ylagini kiyib olgan erkak o‘quv markazini tunamoqchi bo‘ldiJamiyatShavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli 50 musulmoni reytingidan o‘rin oldiDunyoUzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildiJamiyatQirg‘izistonda o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida nizo chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindiJamiyatO‘zbekistonda yaylovlardan foydalanish va pichan o‘rish uchun pullik chiptalar joriy etildiJamiyatAvtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyatMarketpleyslardan buyurtma qilingan bijuteriyalar O‘zbekiston bojxonadan o‘tkazilmayaptiJamiyatToshkent shahar IIBB yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi ortidan Instagram monitoringini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdiJamiyat

UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildi

UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildi

13-noyabrdan O‘zbekistonda UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun 25 va 47 million so‘mgacha chegirmalar dasturi boshlandi. Komplektatsiyalar kesimidagi narxlar va asosiy shartlar haqida batafsil.

Tanlangan komplektatsiyaga qarab xaridorlar Onix modeli uchun 25 million so‘mgacha, Tracker krossoveri uchun esa 47 million so‘mgacha chegirmaga ega bo‘lishlari mumkin.

Komplektatsiyalar kesimida chegirmalar miqdori

Aksiya doirasida modifikatsiyalar bo‘yicha quyidagi chegirmalar belgilandi:

Chevrolet Onix (25 mln so‘mgacha chegirma):

  • 3LT MT — 20 mln so‘m;

  • LTZ Turbo AT — 17,5 mln so‘m;

  • Premier 2 Turbo AT Plus — 25 mln so‘m;

  • Turbo AT Redline — 25 mln so‘m.

Chevrolet Tracker (47 mln so‘mgacha chegirma):

  • LS Plus — 22,5 mln so‘m;

  • LTZ Plus — 35 mln so‘m;

  • Premier Plus — 45 mln so‘m;

  • Premier Redline — 47 mln so‘m.

Chegirmaga ega bo‘lish sharti va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, chegirmalar faqat yangi shartnoma rasmiylashtirishda 100 foizlik oldindan to‘lov amalga oshirilganda amal qiladi. Ushbu taklif avval xarid qilingan avtomobillarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Chegirmalar dasturi mamlakatda Onix ishlab chiqarish hajmi oshgan bir paytda e’lon qilindi: 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, ushbu modelni ishlab chiqarish o‘tgan yilgi 22,5 ming donadan 27,2 ming donaga yetgan. Tracker ishlab chiqarish hajmi esa deyarli o‘zgarmay, 34,1 ming donadan 34 ming donani tashkil etgan. Shuningdek, noyabr oyida avtosalonlarda yangi — 2027-model yili kuzoviga ega Cobalt va Onix avtomobillari ham paydo bo‘la boshlagani qayd etilgan.

Izohlar

    Izoh qoldirish