Qirg‘izistonda o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida nizo chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindiJamiyatO‘zbekistonda yaylovlardan foydalanish va pichan o‘rish uchun pullik chiptalar joriy etildiJamiyatAvtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyatMarketpleyslardan buyurtma qilingan bijuteriyalar O‘zbekiston bojxonadan o‘tkazilmayaptiJamiyatToshkent shahar IIBB yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi ortidan Instagram monitoringini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdiJamiyatDemokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldiJamiyatSadyr Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga ikkinchi muddat uchun ariza topshirdiDunyoTailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘rib chiqishni surib qo‘ydiJamiyatToshkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta tiklandiJamiyat

O‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdi

O‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdi

13-noyabr kuni kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli respublikaning sakkizta viloyatidagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati (O‘zgidromet) ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi munosabati bilan tezkor gidrometeorologik axborot e’lon qildi. Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, 13-noyabr kuni kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning sakkizta viloyatidagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Xavf ostidagi hududlar ro‘yxati

Sel va suv toshqinlari quyidagi tuman hamda shaharlarda kuzatilishi ehtimoli yuqori:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari.

  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari.

  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari.

  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari.

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari.

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari.

  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari.

  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahri.

Ehtiyotkorlik choralari va suv bosishi ehtimoli

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida jala yomg‘irlari oqibatida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa pasttekisliklar va aholi punktlarini suv bosishiga olib kelishi mumkin.

O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li yo‘llarda harakatlanuvchi haydovchilarni qat’iy ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga, zarurat bo‘lmaganda xavfli hududlarga safar qilmaslikka chaqirdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish