So‘nggi:
O‘zbekistonda o‘quvchi va talabalar narkotikka testdan o‘tkaziladi | Tim Kuk 15 yillik boshqaruvdan so‘ng Apple rahbarligidan ketishini e’lon qildi | Rossiya armiyasidagi o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi | my.gov.uz orqali telefon raqamini boshqa shaxs nomiga o‘tkazish imkoniyati yaratildi | Shavkat Mirziyoyev xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketadi | O‘zbekistonliklar mart oyida go‘sht, sut va energiya resurslari narxi oshganini ko‘proq his qilishdi | Qoraqalpog‘istonda Besqala Mining Valley maxsus mayning zonasi tashkil etiladi | O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda | O‘zbekistonda yaratilgan o‘yin bir haftaga qolmay 1 million nusxada sotildi | Toshkentda to‘xtash joylarining yagona raqamli monitoring tizimi ishga tushirildi |

Samarqand aeroportida Turkish Airlines samolyoti favqulodda qo‘ndi

Xoshimin — Istanbul yo‘nalishidagi Turkish Airlines samolyoti yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Samarqandga favqulodda qo‘ndi.

Samarqand xalqaro aeroportida Turkish Airlines aviakompaniyasiga qarashli havo kemasi majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Xoshimin — Istanbul yo‘nalishida parvoz qilayotgan Boeing 787 samolyoti ekipaji bortdagi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sababli zaxira aeroportga yo‘nalish olishga qaror qildi.

Hodisa 2026-yil 13-mart kuni erta tongda yuz berdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 03:40 da Samarqand aeroportiga kelib qo‘ndi. 1959-yilda tug‘ilgan Fransiya fuqarosiga shoshilinch tibbiy yordam talab qilindi; dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u infarkt gumoni bilan tekshirilmoqda.

Aeroportning yerdagi xizmatlari va tibbiyot brigadalari zudlik bilan ishga kirishdi. Erkakka birinchi yordam ko‘rsatilgach, u va ikki hamroh tibbiy tekshiruvdan o‘tish hamda shifoxonaga joylashtirish uchun shifokorlar nazoratiga topshirildi.

Samolyot xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur protseduralar yakunlangach, o‘z parvozini davom ettirdi. Soat 05:11 da layner Samarqand aeroportidan havoga ko‘tarilib, Istanbul tomon yo‘l oldi.