Olmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyat

Toshkentda to‘xtash joylarining yagona raqamli monitoring tizimi ishga tushirildi

Toshkentda to‘xtash joylarining yagona raqamli monitoring tizimi ishga tushirildi

Toshkentda to‘xtash joylarining yagona raqamli monitoring tizimi ishga tushirildi. Ushbu tizim to‘xtash joylarini hisobga olishni avtomatlashtirish va yo‘llardagi yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.

Toshkent shahrida avtoturargohlarni yagona tizimga integratsiya qilish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilmoqda. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xususiy savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari hududidagi turargohlarni shahar boshqaruv tizimiga ulamoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, gavjum hududlarda transport oqimining 30 foizidan ortig‘i bo‘sh joy qidirayotgan haydovchilar hisobiga shakllanadi. Yangi tizim esa to‘xtash joylarining bandligini aniq vaqt rejimida kuzatish va tartibsiz joylashuvning oldini olish imkonini beradi.

Raqamli boshqaruv joriy etilishi natijasida avtomobillar qidirish vaqtini 43 foizgacha tejash va yo‘llardagi tirbandlikni sezilarli darajada kamaytirish kutilmoqda. Loyiha doirasida tushadigan mablag‘lar o‘sha hududning yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirilishi belgilangan. Sinov loyihasi muvaffaqiyatli o‘tsa va jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, ushbu amaliyot butun poytaxt miqyosida kengaytiriladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish