So‘nggi:
Toshkentga kuchli chang bo‘roni va dovul yopirilishi haqida shoshilinch ogohlantirish berildiJamiyatO‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yoqilg‘i narxi oshganini ko‘proq sezishmoqdaJamiyatRossiyada xorijliklar uchun davlat bojlari miqdori keskin oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsroil hukumat vakillari Livanni elektr energiyasidan uzishga chaqirdiDunyoGoogle chorak asrlik an’anasidan voz kechib o‘z qidiruv tizimini tubdan o‘zgartirdiDunyoAQSHda yashirinib yurgan o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindiJamiyatBu yilgi yozda O‘zbekistonda havo harorati 47° gacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatO‘qituvchilarning ortida armiya va Prezident turibdi — IIV maktabdagi janjalga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda Qurbon hayiti namozi sababli bir qator ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadiJamiyatQurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha davlat muzeylariga chiptalar narxi arzonlashtiriladiJamiyat

Toshkentda 1,2 mlrd so‘m soliq qarzi uchun Rolls-Royce Cullinan xatlandi

Toshkentda 1,2 mlrd so‘m soliq qarzi uchun Rolls-Royce Cullinan xatlandi

Toshkentda 1,2 mlrd so‘m soliq qarzi bo‘lgan korxonaning Rolls-Royce Cullinan avtomobili olib qo‘yildi. Mashina auksion orqali sotiladi.

Toshkent shahrida yirik miqdordagi soliq qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdor korxonadan qimmatbaho Rolls-Royce Cullinan avtomobili olib qo‘yildi. Majburiy ijro bürosining Toshkent shahar boshqarmasi xabariga ko‘ra, «U.M.S.» AJning davlat byudjeti oldidagi 1,2 milliard so‘mlik qarzdorligini undirish bo‘yicha ijro hujjati asosida ish qo‘zg‘atilgan. Mazkur jarayonda qarzdor nomidagi elita toifasidagi yo‘ltanlamas aniqlanib, qamoqqa olindi va jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Britaniya avtoishlab chiqaruvchisining eng qimmat modellaridan biri hisoblangan ushbu avtomobilning bozor qiymati taxminan 400 ming dollardan ortiq baholanadi. Hozirda mutaxassislar tomonidan avtotransport vositasini baholash jarayoni ketmoqda. Shundan so‘ng, hashamatli mashina «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali sotuvga chiqariladi va undan tushgan mablag‘lar korxonaning soliq qarzlarini yopishga yo‘naltiriladi.

MIB xabarida ta’kidlanishicha, mulkni xatlash kabi keskin choralar qarzdor o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarishdan bosh tortgan hollarda qo‘llaniladi. Bu kabi tadbirlar davlat byudjetiga tushumlarni ta’minlash va qonun ustuvorligini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.