Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti rejali ravishda vaqtincha to‘xtatiladi. Suv quvurlarini yangilash va profilaktika qilish ishlari shahar iqlimiga moslashish hamda yozgi mavsumda tizimning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu tadbirlar davomida ayrim hududlarda suv butunlay to‘xtatilsa, ba’zi joylarda tizimdagi bosim pasayishi mumkin.
Texnik ishlar bosqichma-bosqich, bir yarim oy davomida — 30-martdan 13-maygacha amalga oshiriladi. Har bir mahalla yoki ko‘cha uchun suv ta’minoti qisqa muddatga (odatda bir kunga) o‘chirilishi ko‘zda tutilgan.
Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan aholi punktlari hamda ijtimoiy soha obektlariga (maktab, bog‘cha, shifoxona) maxsus texnikalar (suv tashuvchi mashinalar) yordamida ichimlik suvi yetkazib berilishi tashkil etiladi.
Bog‘lanish uchun aloqa raqamlari
Savollar yuzasidan sutkasiga 24 soat davomida markaziy dispetcherlik xizmati yoki tuman filiallariga murojaat qilishingiz mumkin:
Soha mutaxassislari shahar aholisiga o‘z mahallalari bo‘yicha aniq grafik bilan oldindan tanishib chiqishni hamda belgilangan sanalar uchun zaruriy suv zaxirasini shakllantirishni tavsiya etadilar.





