Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

Toshkentda gullar festivali sababli bir qator markaziy ko‘chalar 10 kunga yopiladi

Toshkentda gullar festivali sababli bir qator markaziy ko‘chalar 10 kunga yopiladi

Toshkentda 2-maydan 11-maygacha bir qator markaziy ko‘chalar yopiladi. Tashkent Flowers Fest munosabati transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hududiga tutash bo‘lgan ko‘chalarda harakatlanish 2-maydan 11-mayga qadar to‘xtatiladi. Cheklovlar Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi yaqinidagi Zarafshon ko‘chasi, shuningdek, Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shohko‘chasi va Buyuk Turon ko‘chasi oralig‘idagi qismiga daxldor bo‘ladi. Bundan tashqari, Buyuk Turon ko‘chasining Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismida ham mashinalar harakati taqiqlanadi.

Shahar ma’muriyati haydovchilardan ushbu davr mobaynida noqulayliklarni chetlab o‘tish uchun muqobil yo‘llardan foydalanishni so‘ramoqda.

Asosiy bayram tadbirlari 7–9-may kunlari bo‘lib o‘tadi, qolgan vaqt esa dekoratsiyalarni o‘rnatish va hududni tartibga keltirish uchun ajratilgan. Festival yakunlanib, barcha inshootlar demontaj qilingach, ko‘chalar odatdagi rejimda ochiladi.

Haydovchilarga markaziy hududga safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olish tavsiya etiladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish