Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

Toshkentda 46 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan Alliance Motors rahbarlari ustidan sud davom etmoqda

Toshkentda 46 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan Alliance Motors rahbarlari ustidan sud davom etmoqda

Yashnobod tumanida Alliance Motors ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Kompaniya rahbarlari 128 nafar fuqaroni aldab, 46 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.

Ayblanuvchilar kursisida 9 kishi, jumladan, kompaniya ta’sischisi Shahzoda Narziyeva va uning akasi Davlatbek Narziyev o‘tiribdi. Ularga nisbatan firibgarlik, jinoiy hamjamiyat tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va bojxona qonunchiligini buzish kabi qator og‘ir ayblovlar qo‘yilgan. Tergov xulosasiga ko‘ra, 2021-yildan buyon faoliyat yuritgan ushbu guruh avtomobil yetkazib berish va’dasi bilan 128 nafar fuqaroning jami 46 mlrd so‘m mablag‘ini o‘marib kelgan.

Yaqinda «Tashturma»dan turib bergan intervyusida Shahzoda Narziyeva pullar uni insoniylik qiyofasidan chiqarganini va xaridorlarning yarmiga ham mashina yetkazib berilmasligini bila turib, shartnoma tuzishda davom etganini tan oldi. Olingan pullar hisobiga Narziyeva Toshkentning nufuzli hududlaridan biri bo‘lgan Alisherobod mahallasida 477 ming dollarga uy sotib olishga ulgurgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu jinoiy sxema bo‘yicha tergov harakatlari 2025-yil yanvar oyida OAVda e’lon qilingan surishtiruvlardan so‘ng jadallashgan edi.

Hozirda sud 128 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmalarini tinglamoqda. Ko‘plab mijozlar mashina olish uchun bor-budidan ayrilgani yoki katta miqdorda qarzga botganini ma’lum qilgan. Alliance Motors ishi O‘zbekiston avtobozoridagi eng yirik firibgarliklardan biriga aylandi. Navbatdagi sud majlislarida kompaniya tomonidan o‘zlashtirilgan mablag‘larni undirish va aybdorlarga nisbatan yakuniy hukm chiqarish masalasi hal etiladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish