So‘nggi:
Putin oilasini ta’minlay olmagan migrantlar Rossiyani tark etishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladiDunyoToshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdiJamiyatYevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyat

Toshkentda 4,5 milliard so‘mlik dori vositalari ishlab chiqarilgan yashirin laboratoriya fosh etildi

Toshkentda 4,5 milliard so‘mlik dori vositalari ishlab chiqarilgan yashirin laboratoriya fosh etildi

Toshkentda 4,5 mlrd so‘mlik «Pregabalin» ishlab chiqargan yashirin laboratoriya fosh etildi. Chinozlik ikki yosh yigit qamoqqa olindi, tergov ketmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida faoliyat yuritayotgan yashirin laboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, Chinoz tumanida yashovchi 23 yoshli fuqaro ushbu xonadonni ijaraga olib, u yerda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Laboratoriyada unga kimyo sohasida bilimga ega bo‘lgan yana bir hamyurti ko‘maklashib kelgan.

Tezkor tadbir davomida xonadondan umumiy qiymati qariyb 4,5 milliard so‘mga teng bo‘lgan 3,5 kilogramm «Pregabalin» moddasi, shuningdek, 20 litr suyuq va 25 kilogramm kukun ko‘rinishidagi prekursorlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Bundan tashqari, xonadonda taqiqlangan moddalarni tayyorlash va qadoqlash uchun mo‘ljallangan maxsus uskunalar va asbob-anjomlar ham mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Surishtiruvlar natijasida ushbu shaxslar dastlab Telegram tarmog‘idagi internet-do‘konlar orqali «zakladchik» (yetkazib beruvchi) sifatida faoliyat yuritgani, keyinchalik jinoiy guruh rahbarlarining ishonchiga kirib, bevosita ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olingan gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoiy guruhning boshqa a’zolarini va xomashyo yetkazib berish kanallarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.