So‘nggi:
O‘zbekistonda avtomobil bosgan masofani yashirganlik uchun jarima joriy etiladiSiyosatShavkat Mirziyoyev Boku sammitida Xalqaro aqlli shaharlar alyansini tuzishni taklif qildiSiyosatRossiyaga vizasiz kirishda RuID ilovasidan foydalanish majburiy etib belgilanadiJamiyatGuanchjoudan Toshkentga uchayotgan samolyotga chaqmoq tegdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilishida qatnashdiSiyosatEldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildiSportYil boshidan beri O‘zbekistonga 4 milliondan ortiq turist keldiJamiyatEkskavatorga yashirilgan 600 kg ga yaqin narkotikni O‘zbekistonga olib kirishga urinishdiJamiyatKonor Makgregor to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng UFC sahnalariga qaytmoqdaSportBugun O‘zbekistonni chang bo‘roni va kuchli shamol bosishi kutilmoqdaJamiyat

Toshkentda 19 yoshli Damas haydovchisi bolani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

Toshkentda 19 yoshli Damas haydovchisi bolani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

Toshkent shahar IIBB xodimlari 20-aprel kuni Keles yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi aybdorini aniqladilar. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Damas haydovchisi bolani urib yuborgani va to‘xtamasdan harakatni davom ettirgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, mashinani bir hafta oldin haydovchilik guvohnomasini olgan 19 yoshli yigit boshqargan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bolalarni ko‘rgan va signal bergan, biroq boshqa mashinalar signalidan chalg‘ib, ko‘zguga qaragan vaqtda to‘satdan yo‘lga chiqib qolgan bolani urib yuborgan.

Haydovchi voqea joyidan ketib qolganini kuchli qo‘rquv va oyoqlari so‘ziga kirmay qolgan shok holati bilan izohladi. U keyinchalik o‘ziga kelib, tez yordam mashinasini qidirgani va oxir-oqibat Keles YHXBga borib, bo‘lgan voqeani aytib berganini ta’kidladi. Hozirda unga nisbatan MJtKning 133 va 137-moddalari bilan bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Maktab o‘quvchisining jarohati darajasiga qarab, ish ma’muriy yoki jinoiy tartibda ko‘rib chiqilishi hal qilinadi.