So‘nggi:
Farg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyoDenovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqdaJamiyatToshkent metrosida yo‘lovchining mobil telefoni yonib ketishiga sal qoldiJamiyatDominikanda xususiy samolyot halokatga uchradiDunyoO‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladiJamiyat

Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi

Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida bir oilaning uch a’zosi, jumladan 17 yoshli o‘smir is gazidan vafot etdi. Prokuratura surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, bir xonadonda yashovchi uch kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Qurbonlar orasida 79 yoshli ayol, uning 37 yoshli nabirasi hamda 17 yoshli chevarasi (voyaga yetmagan o‘smir) borligi aniqlangan.

Tumanlararo sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosalariga ko‘ra, o‘limga yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlardan (is gazi) o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan. Mazkur baxtsiz hodisa yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, dudburonlar holatini doimiy tekshirib turishni tavsiya qilmoqda.