So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Toshkent metrosida yo‘lovchining mobil telefoni yonib ketishiga sal qoldi

Toshkent metrosida yo‘lovchining mobil telefoni yonib ketishiga sal qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosi vagonida tutun chiqayotgani aks etgan video tarqaldi. Metro ma’muriyati vaziyatga oydinlik kiritib, yo‘lovchining telefoni nosozlik sabab tutaganini ma’lum qildi.

Kadrlarda vagon polida qandaydir elektron qurilma kuchli tutayotgani, yo‘lovchilar esa sarosimaga tushayotgani aks etgan. Tarmoq foydalanuvchilari jazirama issiq tufayli poyezd simlari qizib ketganidan tortib, «poverbank portladi» degan taxmingacha bo‘lgan versiyalarni ilgari surishdi.

Metropoliten matbuot xizmati holatga rasmiy munosabat bildirib, vaziyat unchalik vahimali emasligini, ammo baribir yoqimsiz voqea yuz berganini ma’lum qildi.

Hodisa yakshanba kuni, 7-iyun kuni taxminan soat 09:15 larda yerusti liniyasining “Roxat” va “Olmos” bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan poyezdda yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilardan biriga tegishli bo‘lgan mobil qurilmada texnik nosozlik yuzaga kelgan va u to‘satdan tutay boshlagan.

Shundan so‘ng xavfni sezgan yo‘lovchi gadjetni darhol vagon poliga tashlagan. Keyingi bekatning o‘zidayoq metro xodimlari vagon ichiga kirib, vaziyatni nazoratga olishgan va xavfli buyumni tarkibdan olib chiqib ketishgan.

Baxtimizga, hodisadan hech kim jabrlanmadi. Metropoliten ma’muriyati ushbu holat poyezdlar harakati xavfsizligiga mutlaqo ta’sir ko‘rsatmaganini va yo‘lovchilar uchun jiddiy xavf tug‘dirmaganini bildirdi. Poyezdlar jadvaldan kechikmasdan, odatiy tartibda harakatlanishda davom etgan.