So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Surxondaryoda kartoshka ichiga yashirilgan 72 kg gashish to‘xtatib qolindi

Surxondaryoda kartoshka ichiga yashirilgan 72 kg gashish to‘xtatib qolindi

DXX Surxondaryoda 72,3 kg gashishni Rossiyaga olib o‘tmoqchi bo‘lgan narkosavdogarlarni qo‘lga oldi. Giyohvand moddalar yuk mashinasida kartoshka ko‘rinishida niqoblangan.

Afg‘oniston tomondan O‘zbekistonga kirib kelgan, Termiz tumanida yashovchi 25 yoshli fuqaro boshqaruvidagi «MAN» rusumli yuk mashinasi tezkor xodimlarning e’tiborini tortdi. Dastlabki ko‘rikda avtomobil kuzovi oddiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirilgandek ko‘rinsa-da, chuqurlashtirilgan tekshiruv natijasida kartoshka tugunaklari ko‘rinishida niqoblangan «shubhali yuk» fosh etildi.

Xizmat xodimlari tomonidan jami 222 ta briketga qadoqlangan, umumiy og‘irligi 72,3 kilogrammdan ortiq bo‘lgan gashish moddasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kontrabanda mahsuloti Rossiya Federatsiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xalqaro narkokur’erlik zanjirining boshqa ishtirokchilarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.