So‘nggi:
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatAngrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistondagi ilk pul yo‘l kelasi oyda foydalanishga topshiriladiJamiyatToshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT liniyasi qurilishi sabab harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyat

Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi va rahbariyat yangilandi

Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi va rahbariyat yangilandi

Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi va rahbariyat yangilandi. Prezident farmoni bilan Asilbek Xudayarovsog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu qaror uning boshqa ishga o‘tgani bilan izohlangan. Sobiq vazirning yangi lavozimi hozircha rasman e’lon qilinmagan.

Shu bilan birga, davlat rahbari qarori bilan vazirlik rahbariyatida keng ko‘lamli kadrlar almashinuvi amalga oshirildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidagi yangi tayinlovlar:

Otabek Imamov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jaloliddin Asamutdinov vazir o‘rinbosari sifatida komplayens va ichki korrupsiyaga qarshi nazorat yo‘nalishiga mas’ul etib belgilandi.

Adham Xudaykulov va Sherzod Muxamedov ham vazir o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi.

Ilhomjon Umurzakov esa Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘rinbosar sifatida o‘tkazildi. U bungacha Iqtisodiyot va moliya vazirligida davlat-xususiy sheriklik (GXS) rivojlantirish departamentiga rahbarlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Asilbek Xudayarov 2024-yil boshidan buyon vazirlikni boshqarib kelgan edi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu o‘zgarishlar va ayniqsa korrupsiyaga qarshi nazorat hamda davlat-xususiy sheriklik yo‘nalishlariga urg‘u berilishi sohada boshqaruv tizimini qayta shakllantirish bosqichini anglatishi mumkin.