Olmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyat

Sherzod Qudbiyev qimmatbaho soati bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

Sherzod Qudbiyev qimmatbaho soati bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

Milliy urbanizatsiya qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan 50 ming dollarlik soati haqida video murojaat yo‘lladi. U tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilib, davlat xizmatchisi kamtar bo‘lishi shartligini ta’kidladi.

Milliy urbanizatsiya va uy-joy bozori qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev jamoatchilik orasida keng muhokamaga sabab bo‘lgan qimmatbaho soati bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi. Tarmoq foydalanuvchilari davlat mulozimining qo‘lidagi taxminan 50 ming dollarlik lyuks aksessuarga e’tibor qaratib, bu holatni keskin tanqid ostiga olgan edi. Jurnalist Ilyos Safarov ushbu mavzuda fikr bildirib, bunday holatlarda rasmiylarning sukut saqlashi fuqarolarda davlat mablag‘lari noto‘g‘ri sarflanayotgani haqidagi shubhalarni kuchaytirishini qayd etgan.

O‘z murojaatida Sherzod Qudbiyev ushbu soat u uchun nafaqat moddiy, balki ma’naviy jihatdan qadrli ekanini (norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, soat unga otasidan meros qolgan) tan oldi. Shunga qaramay, u bildirilgan tanqidlarni o‘rinli deb hisoblab, davlat xizmatchisi birinchi navbatda kamtar bo‘lishi va xalq manfaati uchun xizmat qilayotganini amalda ko‘rsatishi kerakligini aytdi. Qo‘mita rahbari sodir bo‘lgan voqeani o‘zi uchun muhim dars deb bilishini va bundan buyon davlat xizmatchisi etikasiga qat’iy rioya qilishini ma’lum qildi.

Izohlar

    Izoh qoldirish