So‘nggi:
Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyatToshkentdagi bir nechta ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadiJamiyatBuxoroda kuchli tungi zilziladan keyin yana yer qimirladiJamiyatFarg‘onada aylanadigan joy ustida talashib erini urgan ayol jazolandiJamiyatToshkentda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisini kaltaklagan informatika o‘qituvchisiga jinoiy ish ochildiJamiyatUstyurt platosida tabiat qo‘yniga qariyb 900 bosh yo‘rg‘alovchi tuvaloq qo‘yib yuborildiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi «Yangi O‘zbekiston» massivining qurilish jarayoni bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi «Yangi O‘zbekiston» massivining qurilish jarayoni bilan tanishdi

Qo‘qonda «Yangi O‘zbekiston» turar joy massivining birinchi bosqichi yakunlandi. Jami 56 ta ko‘p qavatli bino foydalanishga topshirilib, 4 mingdan ortiq oila uy bilan ta’minlandi. Loyiha doirasida ta’lim va biznes klasteri tashkil etilmoqda.

Ushbu loyiha hududdagi aholi zichligi va uy-joyga bo‘lgan yuqori talabni inobatga olgan holda, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini butunlay yangilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtda loyihaning ilk bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Jami 4 394 xonadondan iborat 56 ta o‘n qavatli uy-joy qurib bitkazildi. Turar joylar aholiga tayyor ta’mirlangan holda topshirilmoqda. Uy xaridorlari uchun qulay ipoteka shartlari yaratilgan: 20 yil muddatga yillik 16 foiz stavka belgilangan bo‘lib, boshlang‘ich to‘lov miqdori 35 foizni tashkil etadi.

Massivni loyihalashda «shahar ichida shahar» konsepsiyasiga ustuvorlik berilgan. Bu yerda yashovchilar uchun barcha zarur sharoitlar bir qadamda yaratilmoqda. Jumladan, ijtimoiy sohada maktablar, bog‘chalar va oliy o‘quv yurti faoliyati yo‘lga qo‘yilsa, tadbirkorlik uchun zamonaviy biznes markazi va savdo pavilyonlari xizmat qiladi. Umumiy qiymati 1,85 trillion so‘m bo‘lgan mazkur loyiha nafaqat turar joy, balki yangi ish o‘rinlari markaziga ham aylanadi.

Davlat rahbari yangi xonadonlardagi sharoitlarni ko‘zdan kechirib, bu kabi loyihalar xalq farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Shuningdek, prezident nuroniylar bilan suhbatlashib, Qo‘qon shahrini rivojlantirishning navbatdagi bosqichlari va istiqbolli rejalari bilan tanishdi.