O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSport

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, urush faxriylari bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, urush faxriylari bilan uchrashadi

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyuradi. Davlat rahbari yodgorlik poyiga gul qo‘yadi va urush faxriylari bilan uchrashadi.

Davlat rahbari Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurishi, «Matonat madhiyasi» yodgorligiga hamda Milliy qahramonlar xiyoboniga gulchambarlar qo‘yishi kutilmoqda. Ushbu tadbir xalqimizning jasoratli farzandlari xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom ramzi hisoblanadi.

Tashrif doirasida davlat rahbari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan samimiy suhbatlashib, ularni bayram bilan tabriklaydi hamda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun minnatdorchilik bildiradi. Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va o‘tganlar xotirasini e’zozlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish