So‘nggi:
Moskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradiDunyoO‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildiJamiyatRossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyat

Samarqandda million dollarlik firibgarlikda gumonlanayotgan YHXB xodimi sudlanadi

Samarqandda million dollarlik firibgarlikda gumonlanayotgan YHXB xodimi sudlanadi

Samarqandda YHXB xodimi o‘z yerlioshlarini bir million dollarga chuv tushirganlikda ayblanmoqda. Sobiq leytenant Bunyod Yazdonovga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ofitser o‘z xizmat kiyimi va mavqeidan foydalanib, odamlarni Buxorodagi qurilish loyihalariga sarmoya kiritishga ko‘ndirgan. Firibgarlik sxemasi bir necha yil davom etgan bo‘lib, dastlabki bosqichda Yazdonov o‘z vaqtida foyda ulashib turgan va shu orqali o‘nlab tadbirkorlarning ishonchini qozongan. Biroq 2025-yilning kuziga kelib to‘lovlar to‘xtagan va leytenant bergan garov hujjatlari qalbakiligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi ba’zan qarz evaziga o‘zining xizmat guvohnomasini ham garovga qoldirib ketgan. Yetkazilgan umumiy zarar miqdori bir necha million dollarni tashkil etishi aytilmoqda. Tergov jarayoni xolisligini ta’minlash maqsadida ish Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlariga o‘tkazilgan. Jabrlanuvchilar uch oydan beri davom etayotgan tergov harakatlari natijasiz qolayotganidan va pullarini qaytarib ololmayotganidan xavotir bildirmoqda.