Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Samarqandda homilasi nobud bo‘lgan ayol uch kundan so‘ng vafot etdi

Samarqandda homilasi nobud bo‘lgan ayol uch kundan so‘ng vafot etdi

Ishtixon tumanida tug‘uruq uchun olib kelingan ayol va uning homilasi vafot etgani haqidagi xabarlar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi. Hodisa yuzasidan prokuratura tekshiruv boshlagan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro N.E. 10-aprel kuni Ishtixon tuman markaziy shifoxonasining tug‘ruq bo‘limiga qorin va bel sohasidagi og‘riqlar bilan murojaat qilgan. Tibbiy tekshiruvlar davomida homila atrofidagi suvning xiralashgani hamda homila yurak urishida keskin o‘zgarishlar aniqlangan.

Shifokorlar bemor va uning yaqinlariga shoshilinch ravishda kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazish zarurligini tushuntirgan. Biroq yaqinlari operatsiyaga rozi bo‘lmagan va bemorni Payariq tumanidagi Chelak tug‘ruq bo‘limiga olib ketishgan. U yerda o‘tkazilgan tekshiruv natijasida homilaning antenatal (bachadon ichida) o‘limi qayd etilgan va bemorga yashash joyidagi tibbiyot muassasasiga murojaat qilish tavsiya etilgan.

Oradan bir kun o‘tib, 11-aprel kuni ayol homilaning antenatal o‘limi tashxisi bilan yana Ishtixon tuman markaziy shifoxonasiga kelgan va statsionar davolanishga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 14-aprel kuni fuqaro N.E. vafot etgan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limiga o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi bilan kechgan o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi sabab bo‘lgan.

Hozirda mas’ul shifokorlarning harakatlariga huquqiy va tibbiy baho berish maqsadida komissiyaviy sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish