So‘nggi:
Dominikanda xususiy samolyot halokatga uchradiDunyoO‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladiJamiyatDushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladiJamiyatO‘zbekistonda 1-sinfga qabul muddati va tartibi e’lon qilindiJamiyatKongoda Ebola virusini yuqtirib olgan amerikalik Germaniyada kasallikni yengdiDunyoFarg‘onada bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va murakkab operatsiyalar o‘tkaziladiJamiyatAndijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindiJamiyatToshkentda Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Movarounnahr ko‘chasiga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘l ochildiJamiyatO‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov vafot etdiJamiyatAQSH Eronning ikkita orolidagi radar obyektlariga zarba berdiDunyo

Rossiyada urushga yollangan o‘zbekistonlikka sud hukmi o‘qildi

Rossiyada urushga yollangan o‘zbekistonlikka sud hukmi o‘qildi

Farg‘ona viloyatida Rossiyada urushga yollangan shaxsga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Aniqlanishicha, fuqaro Rossiyada bo‘lgan vaqtida harbiy shartnoma imzolab, Ukraina hududidagi qurolli mojaroda qatnashgan.

Tergov materiallariga ko‘ra, sudlanuvchi R. E. 2024-yilning kuz oylari boshida Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida borgan. Biroq u yerda va’da qilingan ish o‘rniga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzib, Donetsk viloyatidagi harbiy bo‘linmalardan biriga yuborilgan. Ayblanuvchi jangovar harakatlar hududida bir yildan ortiq, ya’ni 2025-yilning noyabr oyiga qadar bo‘lgan.

Sud jarayonida erkak o‘zini aldov qurboni bo‘lganini aytib, ayblovni rad etishga urinib ko‘rdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u aslida quruvchi yoki haydovchi bo‘lib ishlashni maqsad qilgan, harbiy xizmat haqidagi hujjatlarni esa til bilmasligi yoki huquqiy savodxonligi pastligi sababli tushunmasdan imzolab yuborgan. Shuningdek, u janglarda qatnashmaganini, faqat okop qazish va mudofaa inshootlarini qurish ishlari bilan shug‘ullanganini iddao qildi.

Aniqlanishicha, harbiy harakatlarda qatnashgan davri uchun sudlanuvchiga qariyb 2 million Rossiya rubli miqdorida haq to‘langan va u bu mablag‘larni muntazam ravishda turmush o‘rtog‘ining bank kartasiga o‘tkazib turgan. 2025-yil noyabr oyida O‘zbekistonga qaytishi bilan u huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Sud fuqaroning harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi, ya’ni yollanish jinoyati bo‘yicha malakaladi.