O‘zbekistonda 18 yoshgacha nikoh qurish tartibi kuchaytirilmoqdaJamiyatRaqobat qo‘mitasi reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini o‘rganmoqdaJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +25 darajagacha pasayadiJamiyatSukunatni buzganlik uchun jarimalar 8,8 mln so‘mgacha oshiriladiJamiyatMarkaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadiSiyosatElektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladiIqtisodiyotO‘zbekistonliklar Tailand vizasini Moskvaga bormasdan olishlari mumkin bo‘ladiJamiyatRossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydiDunyoNamanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyat

Raqobat qo‘mitasi reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini o‘rganmoqda

Raqobat qo‘mitasi reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini o‘rganmoqda

2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda aviatashuvchilar ustidan shikoyatlar 4,1 barobarga oshdi. Raqobat qo‘mitasi yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lash amaliyotini o‘rganmoqda.

2026-yilning birinchi yarmida Raqobat qo‘mitasiga havo transporti xizmatlari bo‘yicha 300 dan ortiq murojaat kelib tushdi — bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 barobarga ko‘pdir.

Fuqarolarning asosiy e’tirozlari reyslar bir necha soatga kechikishi, axborotning o‘z vaqtida berilmasligi, xizmat ko‘rsatish sifati pastligi hamda amalda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq undirilishi bilan bog‘liq. Qo‘mita tahlillariga ko‘ra, tashuvchi aybi bilan reyslar ushlanib qolganda yo‘lovchilarga kompensatsiya yoki muammoni hal etishning muqobil variantlari taklif etilmagan holatlar aniqlangan.

Shu munosabat bilan idora ochiq manbalar asosida ichki aviayo‘nalishlarda reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi amaliyotini o‘rganishni boshladi. Aviakompaniyalarga raqamli platformalaridagi ma’lumotlarni qonunchilik talablariga moslashtirish tavsiya etildi. Fuqarolar havo transporti xizmatlari bo‘yicha o‘z taklif va e’tirozlarini Qo‘mitaga yuborishlari mumkin.