So‘nggi:
Chorvachilikda oqsil kasalligi xavfi sababli bir oylik sanitariya tadbirlari e’lon qilindi | Toshkentda besh kunlik davomli yomg‘irlar mavsumi boshlanmoqda | Buxoroda mast haydovchi bir necha avtomobil bilan to‘qnashib, 5 yoshli bolani urib ketdi | Maxsus texnika importi uchun bojlar bekor qilinadi | Ilon Mask 656 milliard dollar boylik bilan dunyoning eng badavlat odamlari reytingida peshqadamlik qilmoqda | O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlarini raqamli nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda | Anapa qirg‘oqlarida yuz bergan neft sizishi oqibatida yuzlab dengiz qushlari nobud bo‘lmoqda | Toshkent yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga 14 milliard so‘m sarflaydi | Putin Yevropaga qarshi urush boshlashga tayyorlanmoqda | Rossiya chegarachilari haxsiy smartfon va yozishmalarni ko‘zdan kechirish huquqiga ega bo‘ldi |

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bahorgi sovuqlar haqida ogohlantirdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bahorgi sovuqlar haqida ogohlantirdi. O‘zbekistonda 10–13-mart kunlari sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Harorat -8°C darajagacha pasayishi bog‘dorchilikka jiddiy xavf tug‘diradi.

Bog‘dorchilik bo‘yicha xalqaro ekspert Shuhrat Abrorov Michigan universiteti tadqiqotlariga tayangan holda mevali daraxtlarning sovuqqa chidamliligi haqida muhim ma’lumotlarni taqdim etdi.

Sovuqning o‘simlik rivojlanish fazalariga ta’siri

Gilos, olma va nok kabi mevali daraxtlarning turli rivojlanish bosqichlari sovuqqa turlicha munosabat bildiradi.

Rivojlanish bosqichi Kritik harorat Zarar darajasi
Kurtak yozish -3°C dan -4°C gacha Chidamliroq
G‘unchalash -2°C dan -3°C gacha Yuqori sezgirlik
Gullash boshlanishi -1°C dan -2°C gacha Gul changchilari shikastlanishi mumkin
To‘liq gullash -1°C atrofida Hosil nobud bo‘lishi xavfi yuqori
Meva tuguni -0,5°C dan -1°C gacha Juda nozik holat

Sovuqdan himoyalanish choralari

Ehtiyot choralari tonggi 3:00–5:00 oralig‘ida ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Mutaxassislar quyidagi amaliy tavsiyalarni berishadi:

  • Tutun hosil qilish Bog‘larda nam xashak, shox-shabba va go‘ng to‘plab, tutatish ishlarini olib borish. Bu bog‘dagi haroratni 1–2 gradusga ko‘tarishga yordam beradi.

  • Sug‘orish Sovuq tushishidan oldin bog‘larni mo‘l-ko‘l sug‘orish. Nam tuproq issiqlikni yaxshi saqlaydi va kechasi uni havoga ajratib, daraxt atrofida mikroiqlim hosil qiladi.

  • Yopib qo‘yish Kichikroq maydonlardagi ko‘chatlarni maxsus agrotola yoki plyonka bilan yopish.

  • Oziqlantirish Kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish daraxtlarning sovuqqa chidamliligini oshiradi.