O‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmati ishga tushirildiJamiyatMaktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadiJamiyatToshkentda havoning ifloslanish darajasi JSST me’yoridan 11 baravardan oshib ketdiJamiyatToshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosat

Toshkentda havoning ifloslanish darajasi JSST me’yoridan 11 baravardan oshib ketdi

Toshkentda havoning ifloslanish darajasi JSST me’yoridan 11 baravardan oshib ketdi

Toshkentda havo sifati ko‘rsatkichi «qizil» darajaga yetdi. Poytaxt dunyoning havo eng ifloslangan yirik shaharlari reytingida 13-o‘rinni egalladi.

Ko‘rsatkichlar va reytingdagi o‘rin

19-oktyabr ertalabki holatga ko‘ra Toshkent shahrida havo sifati «qizil» (zararli) darajaga yetdi. Monitoring stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda AQI ko‘rsatkichi 153 ni tashkil etdi va Toshkent dunyoning havo eng ifloslangan yirik shaharlari reytingida 13-o‘ringa joylashdi. Havo sifati Samarqand shahrida ham yomonlashib, AQI ko‘rsatkichi 105 ga teng bo‘ldi.

Havoda PM2.5 mayda dispersion zarrachalari konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan yillik me’yordan 11,6 baravar yuqori ekani qayd etildi.

Tavsiyalar va monitoring tizimi

Salomatlikni saqlash maqsadida mutaxassislar quyidagi choralarga amal qilishni tavsiya etadi:

  • ochiq havoda sport va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmaslik;

  • xonalarga iflos havo kirmasligi uchun derazalarni yopiq tutish;

  • bino ichida havo tozalagich moslamalaridan foydalanish;

  • ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish.

Shuningdek, mamlakat aeroportlari yaqinida atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda. Dastlabki stansiyalar Samarqand va Farg‘ona aeroportlarida ishga tushirilgan bo‘lib, kelgusida barcha xalqaro aeroportlar yaqinida shunday uskunalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.