So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Qamchiq dovonida yuk bilan to‘la yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Qamchiq dovonida yuk bilan to‘la yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib, mahsulotlar yo‘lga sochilib ketdi. FVV qutqaruvchilari halokat oqibatlarini bartaraf etishdi.

Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Qamchiq dovonida yuk tashuvchi transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida og‘ir vaznli mashina yonboshiga ag‘darilgan, uning ichidagi barcha mahsulotlar esa yo‘lning qatnov qismiga sochilib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea kecha taxminan soat 11:30 larda sodir bo‘lgan. Baxtli tasodif tufayli avariya oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. «Qamchiq» maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yo‘lni sochilib ketgan yuklardan tozalashdi va harakat xavfsizligini qayta tiklashdi.