So‘nggi:
O‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildiJamiyatRossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyatToshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladiJamiyat

Prezident harbiy gospitalda urush faxriylari bilan uchrashdi

Prezident harbiy gospitalda urush faxriylari bilan uchrashdi

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari bilan uchrashdi.

Prezident Akmal ota Akramov, Vera Juravskaya, Hasanboy ota Xalmatov hamda Vladimir Alekseykov bilan samimiy suhbat qurib, ularning salomatligi va kayfiyati bilan qiziqdi. Shavkat Mirziyoyev faxriylarning bosib o‘tgan og‘ir va shonli yo‘li butun xalqimiz uchun matonat maktabi ekanini alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv davomida prezident faxriylarni tarixning tirik guvohlari va jasorat timsoli deb atadi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bugungi tinch va osuda hayot, kelajak avlodlarning baxtli taqdiri aynan mana shu insonlarning mislsiz fidoyiligi natijasidir. Nuroniy otaxon va onaxonlarning o‘gitlari bugungi kunda davlat boshqaruvi va jamiyat hayotidagi ezgu ishlarni amalga oshirishda katta ma’naviy madad bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Joriy yilning 16-aprelidagi prezident qaroriga asosan, urush qatnashchilari va mehnat faxriylariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularga moddiy va ma’naviy rag‘bat bilan birga, sog‘liqlarini tiklashlari uchun respublikaning eng yaxshi sanatoriylariga imtiyozli yo‘llanmalar ajratilmoqda. O‘z navbatida, faxriylar ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va tarixiy xotirani tiklash borasidagi tizimli ishlar uchun davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdilar.