So‘nggi:
O‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyatAQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkinDunyoGuliston tumanida chiyabori to‘rt kishiga hujum qildiJamiyatO‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyatO‘zbekistonda Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladiSiyosatSirdaryoda sud telefonida ekstremistik fayllar saqlagan yigitni jarimaga tortdiJamiyatApple 19 yildan keyin iOS 20 tizimida budilnik va bildirishnomalar ovozini ajratdiDunyo

Polsha iqtisodiyoti O‘zbekistondan minglab ishchilarni jalb qilishni rejalashtirmoqda

Polsha iqtisodiyoti O‘zbekistondan minglab ishchilarni jalb qilishni rejalashtirmoqda

Polsha kompaniyalari logistika, sanoat va qurilish sohalarida 3600 dan ortiq o‘zbekistonlikni ishga joylashtirish niyatini bildirdi.

Varshavada O‘zbekistonning mehnat resurslari salohiyatini namoyish etish va polshalik ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan yirik taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Polshaning Grupa Progres, Gremi Personal va Personnel International kabi 20 dan ortiq yetakchi rekruting kompaniyalari ishtirok etib, O‘zbekistonni mehnat migratsiyasi sohasida ishonchli va istiqbolli hamkor sifatida e’tirof etishdi. Muzokaralar natijasida Polsha korxonalarining 3600 dan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassisga bo‘lgan aniq ehtiyoji ma’lum qilindi.

Polsha ish beruvchilari tomonidan taqdim etilgan so‘rovga ko‘ra, eng katta talab logistika sohasiga to‘g‘ri kelib, ushbu yo‘nalishda 2000 nafar xodimga ehtiyoj mavjud. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida 800 nafar, sanoatda 600 nafar hamda qurilish tarmoqlarida 200 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis ish bilan ta’minlanishi mumkin. Polsha tadbirkorlar va ish beruvchilar ittifoqi vakillari mamlakat iqtisodiyoti doimiy ravishda ishchi kuchiga muhtojligini ta’kidlab, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonlik ishchilarga bo‘lgan yuqori qiziqishni qayd etishdi.

Muzokaralar davomida mehnat migratsiyasi jarayonlarini yanada soddalashtirish, jumladan, viza tartib-taomillarini yengillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar O‘zbekiston Migratsiya agentligi hamda akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotlar ishtirokida B2B formatidagi uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Bu sa’y-harakatlar fuqarolarning Polshada xavfsiz, qonuniy va tartibli mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun huquqiy va tashkiliy asos bo‘lib xizmat qiladi.