So‘nggi:
Londondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatAngrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistondagi ilk pul yo‘l kelasi oyda foydalanishga topshiriladiJamiyatToshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT liniyasi qurilishi sabab harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyat

O‘zbekistonda kuchli yomg‘irlar yog‘adi va sel xavfi kuchayadi

O‘zbekistonda kuchli yomg‘irlar yog‘adi va sel xavfi kuchayadi

O‘zbekistonda kuchli yomg‘irlar yog‘adi va sel xavfi kuchayadi.  O‘zgidromet 8–12-may kunlari respublikaning 9 ta hududida sel-pavodka holatlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, uzoq davom etadigan yog‘ingarchiliklar fonida tog‘ va tog‘oldi hududlarda xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Kuchli yomg‘irlar natijasida daryolarda suv sathi keskin ko‘tarilishi, sel oqimlari yuzaga kelishi va ayrim joylarda suv toshqinlari kuzatilishi ehtimoli bor.

Ogohlantirish Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga tegishli.

Toshkent viloyatida Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, Ohangaron, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq hududlari xavf ostida.

Surxondaryo viloyatida esa Sariosiyo, Boysun, Sherobod, Uzun va tog‘ hududlariga yaqin boshqa tumanlarda xavf prognoz qilinmoqda.

Murakkab ob-havo sharoiti Farg‘ona vodiysi, Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida ham kutilmoqda. Mutaxassislar ogohlantirishicha, kuchli yog‘ingarchilik paytida vaqtinchalik suv oqimlari tezda toshib, yo‘llar va aholi punktlariga xavf tug‘dirishi mumkin.

Aholi, ayniqsa tog‘ hududlarida yashovchilar, sayyohlar va haydovchilarga ehtiyot choralarini kuchaytirish, kuchli yomg‘ir vaqtida xavfli hududlarga bormaslik tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkent shahrida yuz bergan kuchli yomg‘irlar oqibatida ko‘plab ko‘chalar, chorrahalar va yer osti o‘tish yo‘laklari suv ostida qolgan edi.

Xususan, Chorsu metro bekati atrofidagi holat jamoatchilik e’tiborini tortgan — suv to‘planishi piyodalar va transport harakatini sezilarli darajada qiyinlashtirgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, bahor oylarida sel xavfi yomg‘irlar, tog‘lardagi qor erishi va haroratning o‘zgaruvchanligi sabab an’anaviy ravishda oshadi.