Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

O‘zbekistonda Centrum Air va Qanot Sharq faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi

O‘zbekistonda Centrum Air va Qanot Sharq faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi

O‘zbekistonda Centrum Air va Qanot Sharq faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ikki xususiy aviakompaniya ustidan yo‘lovchilardan tushayotgan shikoyatlar keskin oshgani sababli tekshiruv o‘tkazmoqda.

Gap Centrum Air va Qanot Sharq haqida ketmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, yo‘lovchilar parvozlarning uzoq kechikishi, bortga chiqishdagi muammolar va xizmat sifati yuzasidan tobora ko‘proq murojaat qilmoqda.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki oylaridayoq murojaatlar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan oshib ketgan. Agar 2025-yilda 127 ta shikoyat qayd etilgan bo‘lsa, 2026-yilning to‘rt oyida bu raqam 145 taga yetgan.

Tekshiruv davomida ko‘plab qonunbuzarliklar aniqlangan. Jumladan, mutaxassislar yo‘lovchilarga amalda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 110 dan ortiq holatda haq undirilganini qayd etdi.

Bundan tashqari, reyslarning kechikishi va jadvalga rioya qilinmasligi bilan bog‘liq qariyb 90 ta holat aniqlangan. Xizmat sifati yuzasidan ham o‘nlab e’tirozlar qayd etilgan.

Yo‘lovchilar kechikish vaqtida yetarli ma’lumot berilmagani, mehmonxona va ovqat bilan ta’minlashdagi muammolar, shuningdek pulni qaytarish va kompensatsiya olishdagi qiyinchiliklardan shikoyat qilmoqda.

Shuningdek, overbuking — ya’ni samolyotdagi o‘rinlardan ko‘proq chipta sotilishi bilan bog‘liq muammo ham ko‘tarilgan. Shu sabab ayrim yo‘lovchilar to‘langan chipta bo‘lishiga qaramay, reysga chiqarilmagan.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tekshiruv materiallari allaqachon Fuqaro aviatsiyasi agentligiga yuborilganini ma’lum qildi. Endilikda agentlik vaziyatni baholab, aviakompaniyalarga nisbatan choralarni ko‘rib chiqadi.

Shu bilan birga, mamlakatdagi muntazam reys kechikishlari va aviakompaniyalarning yo‘lovchilar oldidagi majburiyatlarini bajarishi alohida o‘rganilmoqda.

Aviatashuvlar vaqtida huquqlari buzilgan fuqarolardan bu kabi holatlar haqida 1159 qisqa raqami orqali xabar berish so‘ralgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish