O‘zbekistonda 18 yoshgacha nikoh qurish tartibi kuchaytirilmoqdaJamiyatRaqobat qo‘mitasi reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini o‘rganmoqdaJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +25 darajagacha pasayadiJamiyatSukunatni buzganlik uchun jarimalar 8,8 mln so‘mgacha oshiriladiJamiyatMarkaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadiSiyosatElektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladiIqtisodiyotO‘zbekistonliklar Tailand vizasini Moskvaga bormasdan olishlari mumkin bo‘ladiJamiyatRossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydiDunyoNamanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyat

JCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydi

JCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati starti oldidan Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv bugun, 8-iyun kuni Nyu-Yorkdagi (AQSH) “Ikan” (Icahn Stadium) stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinning start hushtagi Toshkent vaqti bilan tunda — soat 23:45 da chalinishi belgilangan.

Fabio Kannavaro shogirdlari bundan avvalroq JCH mezbonlaridan biri — Kanada terma jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushgan edi. Mazkur bahsda vakillarimiz raqibga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgandi. Niderlandiya bilan o‘yin Kannavaro uchun xatolarni to‘g‘rilash va asosiy tarkibni sinab olish uchun so‘nggi imkoniyat vazifasini o‘taydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk Jahon chempionati guruh bosqichidagi debyut uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:00 daboshlanadi.