Olmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyat

O‘zbekistonning yetti viloyatida chang bo‘ronlari va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonning yetti viloyatida chang bo‘ronlari va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

Qoraqalpog‘iston va yana bir qator viloyatlarda shamol tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayishi ma’lum qilindi. Mutaxassislar aholini chang bo‘ronidan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.

Sinoptiklarning ma’lumotiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi soniyasiga 15–20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Shamolning kuchayishi ayrim joylarda chang-to‘zon va chang bo‘ronlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bunday ob-havo sharoitida ko‘rish darajasi pasayishi ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkorlikni oshirish so‘raladi. Shuningdek, aholiga kuchli shamol vaqtida daraxtlar, yengil konstruksiyali reklama vositalari hamda elektr tarmoqlari yaqinida turmaslik tavsiya etiladi. Mutasaddi idoralar fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘rab qoladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish