So‘nggi:
O‘zbekistonliklar mart oyida go‘sht, sut va energiya resurslari narxi oshganini ko‘proq his qilishdi | Qoraqalpog‘istonda Besqala Mining Valley maxsus mayning zonasi tashkil etiladi | O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda | O‘zbekistonda yaratilgan o‘yin bir haftaga qolmay 1 million nusxada sotildi | Toshkentda to‘xtash joylarining yagona raqamli monitoring tizimi ishga tushirildi | Ruhiy xastaligi bor shaxslarni parvarishlovchi oilalarga davlat yordami kuchaytiriladi | Jamoat joylarida xavfli buyumlar olib yurish uchun javobgarlik belgilandi | Shavkat Mirziyoyev narkobiznesning moliyaviy arteriyalarini kesishni taklif qildi | O‘zbekiston xokkey terma jamoasi jahon chempionatining A guruhiga yo‘llanma oldi | O‘zbekistonning yetti viloyatida chang bo‘ronlari va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda |

O‘zbekistonliklar mart oyida go‘sht, sut va energiya resurslari narxi oshganini ko‘proq his qilishdi

O‘zbekistonliklar mart oyida go‘sht, sut va energiya resurslari narxi oshganini ko‘proq his qilishdi. Aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 11,1 foizni tashkil etdi. Toshkent shahri inflyatsiya sezilishi bo‘yicha yetakchi hudud bo‘lib qolmoqda.

3200 dan ortiq respondent ishtirok etgan so‘rovda fuqarolar asosan oziq-ovqat mahsulotlaridan go‘sht va sut, energetika sohasida elektr hamda tabiiy gaz, shuningdek, yonilg‘i-moylash materiallari narxi sezilarli darajada ko‘tarilganini qayd etishgan. Dorivor vositalar va transport xizmatlari ham narxi oshgan asosiy yo‘nalishlar qatoridan joy oldi.

Hududlar kesimida narxlar o‘sishi eng yuqori darajada Toshkent shahrida (13,3 foiz), eng past ko‘rsatkich esa Namangan viloyatida (10 foiz) sezilgan.

Shuningdek, aholining daromad darajasi ham inflyatsiyani idrok etishga ta’sir ko‘rsatgan: oyiga 2 mln so‘mdan 4 mln so‘mgacha daromadga ega bo‘lganlar narxlar 9,9 foizga oshganini qayd etgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘p topadiganlar uchun inflyatsiya darajasi 16,4 foizdan yuqori bo‘lib tuyulgan. Bu farq turli daromad guruhlarining iste’mol savatchasi tarkibi turliligi bilan izohlanadi.