So‘nggi:
O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyatNika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyatAQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkinDunyoGuliston tumanida chiyabori to‘rt kishiga hujum qildiJamiyatO‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyat

O‘zbekistonda yirik kriptobirja rasman yopildi

O‘zbekistonda yirik kriptobirja rasman yopildi

O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mamlakatdagi eng yirik kriptobirja bo‘lgan UzNEX platformasining faoliyat ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziyasini rasman bekor qildi.

Mazkur qaror ortidan birja boshqaruvi va texnik qo‘llab quvvatlash xizmati raqamli aktivlar egalariga o‘z mablag‘larini qaytarib olish bo‘yicha zudlik bilan ariza topshirishni tavsiya qilishni boshladi. Ushbu o‘zgarish mamlakat raqamli aktivlar bozorida faoliyat yuritayotgan ko‘plab foydalanuvchilar uchun kutilmagan holat bo‘ldi ва endilikda mijozlar o‘z pullarini tizimdan xavfsiz chiqarib olishlari choralari ko‘rilmoqda.

Kriptoplatformada shaxsiy hisob raqamiga ega bo‘lgan barcha foydalanuvchilarga ma’lum qilinishicha, kiritilgan pullar va kriptoaktivlarni qaytarish jarayoni o‘rtacha 3 kundan 10 ish kunigacha bo‘lgan vaqtni talab etishi mumkin. Birja ma’muriyati mablag‘larni chiqarish jarayonida biror bir texnik muammo, qiyinchiliklar yoki tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda mijozlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat qiluvchi organ hisoblangan Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga murojaat qilishni maslahat bermoqda.