Chirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyo

O‘zbekistonda havo harorati +32 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ish haftasi yakunigacha havo harorati +32 darajagacha ko‘tariladi. O‘zgidromet ayrim hududlarda yomg‘ir va chang-to‘zonlar bo‘lishidan ogohlantirdi.

O‘zgidromet xizmati agentligi xabariga ko‘ra, respublikaning aksariyat viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Xususan, 26-mart kuni va 27-martga o‘tar kechasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, tog‘oldi hamda tog‘li tumanlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Respublika bo‘ylab havo harorati kechalari +10…+15 darajani tashkil etsa, kunduzi termometr ko‘rsatkichi +23…+28 darajagacha ko‘tariladi. Mamlakatning shimoliy va janubiy cho‘l zonalarida esa ayrim kunlari issiq +30…+32 darajagacha yetadi. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol tezligi soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda esa hafta oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkentda 24–26-mart kunlari havo harorati kunduzi +23…+26 daraja atrofida bo‘lsa, 27-martga kelib issiq +27…+29 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari harorat +10…+15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish