Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

O‘zbekistonda eng ozoda mahallalarga 500 million so‘m va xizmat elektromobili beriladi

O‘zbekistonda eng ozoda mahallalarga 500 million so‘m va xizmat elektromobili beriladi

Milliy ekologiya qo‘mitasi “Eng ozoda mahalla” tanlovi qoidalarini e’lon qildi. G‘olib chiqqan 14 ta mahallaning har biriga 500 million so‘m va xizmat uchun elektromobil ajratiladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra mamlakat bo‘yicha 14 ta mahalla g‘olib deb topiladi. G‘oliblarga Ekologiya jamg‘armasi hisobidan quyidagi mukofotlar ajratiladi:

  • Har bir mahalla uchun 500 million so‘m pul mukofoti;

  • Mahalla qo‘mitasining xizmat foydalanishi uchun bittadan elektromobil.

Ajratilgan pul mablag‘lari qat’iy ravishda hududiy ekologik infratuzilmani rivojlantirishga sarflanishi kerak. Jumladan, mablag‘lar chiqindi yig‘ish maydonchalarini barpo etish, ijtimoiy obyektlarda yangi konteynerlar o‘rnatish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga yo‘naltiriladi.

Baholashning 10 ta asosiy mezoni

Tanlovda ishtirok etishni istagan mahallalar o‘z ariza va hujjatlarini 1-oktyabrdan 30-oktyabrga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishlari lozim.

G‘oliblarni aniqlashda mahalla faoliyati quyidagi 10 ta mezon bo‘yicha baholanadi:

  1. Chiqindi yig‘ish shoxobchalarining soni va ularning texnik holati;

  2. Sanitar tozalash xizmatlari uchun to‘lov intizomi va qarzdorlik darajasi;

  3. Chiqindilarni yig‘ish, saralash va olib chiqib ketish tizimining yo‘lga qo‘yilgani;

  4. Aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot kampaniyalarining o‘tkazilishi;

  5. Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining OAVda yoritilishi;

  6. Daraxt va putalarni parvarishlashda suv tejovchi texnologiyalarning qo‘llanilishi;

  7. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tiklash bo‘yicha tashabbuslar;

  8. Chiqindilarni saralab yig‘ish tizimining joriy etilishi;

  9. “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxt va putalarning holati;

  10. Energiyani tejovchi texnologiyalarning qo‘llanish darajasi.

Hujjatlar to‘plamiga majburiy tartibda fotoalbom hamda mahallaning ekologik holatiga bag‘ishlangan 10 daqiqadan oshmaydigan videoprezentatsiya ilova qilinishi belgilangan.