Toshkentda 62 ta turizm va sayr ko‘chalarini tashkil etish loyihalariga 22 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladiJamiyatToshkentda harbiy ro‘yxatda turmagan 17–18 yoshli yigitlarni qidirish boshlanadiJamiyatTermizda 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Cobalt ustunga urildi: bir o‘quvchi halok bo‘ldiJamiyatSobiq bosh imom-xatib Odilxon Ismoilov sud zalidan ozod qilindiJamiyatDoniyor Qodirov Sirdaryo viloyatiga rahbar bo‘ldiSiyosatTurpaketlar orqali Misrga boradigan o‘zbekistonliklar uchun oldindan viza olish talab etilmaydiJamiyatMilliolarcha foydalanuvchilar «Yandex.Disk»dagi fotosuratlarini butunlay yo‘qotib qo‘yishlari mumkinDunyoToshkentda «A» tasmasidagi qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etish tizimi ishga tushirildiJamiyatUzbekistan Airways ichki reyslar narxini ortacha 20 foizga arzonlashtirdiJamiyatMrBeast Samarqandga tashrif buyuradi va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uyushtiradiJamiyat

Toshkentda harbiy ro‘yxatda turmagan 17–18 yoshli yigitlarni qidirish boshlanadi

Toshkentda harbiy ro‘yxatda turmagan 17–18 yoshli yigitlarni qidirish boshlanadi

Olmazor tumanida 17–18 yoshli chaqiriluvchilarni dastlabki harbiy ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tmagan yigitlarni qidirishga IIB va mahalla xodimlari jalb etiladi.

Ommaviy hisobga olish va IIB xodimlarining jalb etilishi

Poytaxtning Olmazor tumanida 17–18 yoshli yigitlarni dastlabki harbiy ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniya boshlanadi. Tuman hokimining tegishli qaroriga ko‘ra, 2026-yilning oktyabr—noyabr oylarida maktab, litsey, kollej va oliygoh bitiruvchilari, shuningdek, vaqtincha ta’lim bilan qamrab olinmagan yoshlar chaqiruv uchastkalarida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Hujjatdagi asosiy urg‘u shu paytgacha ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarning umumiy ro‘yxatini shakllantirishga qaratilgan. Harbiy ro‘yxatga o‘z vaqtida turmagan shaxslarni aniqlash, qidirish va ularni chaqiruv uchastkalariga olib kelish ishlariga tuman ichki ishlar bo‘limlari (IIB), mudofaa ishlari bo‘limi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari jalb qilinadi.

Tibbiy ko‘rik va avvalgi qarorlarning o‘zgarishi

Mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida maxsus hududiy tibbiy komissiyalar tashkil etilib, ular yigitlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va salomatlik darajasini aniqlaydi.

Qarorda, shuningdek, 17–18 yoshdagi barcha fuqarolarni xabardor qilish va jarayon davomida xavfsizlikni ta’minlash choralari belgilangan. Tuman hokimining 2025-yil 10-oktyabrdagi tegishli qarorining 1, 5 va 7-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish

Email chop etilmaydi. Ism majburiy.