O‘zbekistonda oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi hamda gaz va svetga imtiyozlar kengaytiriladiJamiyatToshkentda 62 ta turizm va sayr ko‘chalarini tashkil etish loyihalariga 22 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladiJamiyatToshkentda harbiy ro‘yxatda turmagan 17–18 yoshli yigitlarni qidirish boshlanadiJamiyatTermizda 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Cobalt ustunga urildi: bir o‘quvchi halok bo‘ldiJamiyatSobiq bosh imom-xatib Odilxon Ismoilov sud zalidan ozod qilindiJamiyatDoniyor Qodirov Sirdaryo viloyatiga rahbar bo‘ldiSiyosatTurpaketlar orqali Misrga boradigan o‘zbekistonliklar uchun oldindan viza olish talab etilmaydiJamiyatMilliolarcha foydalanuvchilar «Yandex.Disk»dagi fotosuratlarini butunlay yo‘qotib qo‘yishlari mumkinDunyoToshkentda «A» tasmasidagi qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etish tizimi ishga tushirildiJamiyatUzbekistan Airways ichki reyslar narxini ortacha 20 foizga arzonlashtirdiJamiyat

O‘zbekistonda oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi hamda gaz va svetga imtiyozlar kengaytiriladi

O‘zbekistonda oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi hamda gaz va svetga imtiyozlar kengaytiriladi

O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m bir martalik yordam berish, svet va gaz kompensatsiyalarini oshirish hamda elektr energiya bazaviy meyorini 350 kVt·soatga yetkazish rejalashtirilmoqda.

1 million so‘m miqdoridagi bir martalik moddiy yordam

O‘zbekistonda aholini manzilli qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjatga ko‘ra, 2026-yilning noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratilishi va mablag‘lar 30-noyabrga qadar ijtimoiy yoki bank kartalariga o‘tkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu yordamni nafaqat Ijtimoiy reestrga kirganlar, balki har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromadi ikki minimal iste’mol xarajatidan (MIX) oshmaydigan oilalar ham oladi (Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik tizimiga ega uylarda yashovchilar uchun bu mezon uch MIXni tashkil etadi). Shuningdek, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yetim bolalarni tarbiyalayotgan oilalar ham to‘lov bilan qamrab olinadi. Reestrda bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarni «mahalla yettiligi» qo‘shimcha ro‘yxatga kiritishi mumkin.

Gaz, elektr va kommunal sohadagi yangi imtiyozlar

Loyiha bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya olish daromad chegarasini 1,5 baravardan 2 baravar MIXgacha oshirish hamda bazaviy me’yordan ortiqcha iste’mol uchun kompensatsiya to‘lashni 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif etilmoqda. Gazlashtirilmagan hududlarda isitish mavsumida elektr energiyasining bazaviy me’yori 1-noyabrdan e’tiboran oyiga 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshiriladi.

Shuningdek, ko‘mir sotib olish va «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan yordam olish uchun daromad chegara mezonlari kengaytiriladi. Shu bilan birga, 1-noyabrdan issiq suv, isitish tizimi va suyultirilgan gaz tarifi oshirilishi kutilayotgan bir paytda, ehtiyojmand oilalarga suyultirilgan gazning har bir kilogrammi uchun 3 ming so‘mdan kompensatsiya to‘lanishi hamda og‘ir mahallalardagi 3 mingta oila xonadonini issiqlik bilan ta’minlash va quyosh panellari o‘rnatish ishlari davom ettiriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish

Email chop etilmaydi. Ism majburiy.