Avtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyatMarketpleyslardan buyurtma qilingan bijuteriyalar O‘zbekiston bojxonadan o‘tkazilmayaptiJamiyatToshkent shahar IIBB yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi ortidan Instagram monitoringini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdiJamiyatDemokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldiJamiyatSadyr Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga ikkinchi muddat uchun ariza topshirdiDunyoTailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘rib chiqishni surib qo‘ydiJamiyatToshkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta tiklandiJamiyatNvidia rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro: Xitoy josusi, 7,5 milliard dollarlik sxema va Trampga berilgan zarbaDunyoQo‘qondagi mehmonxonada 7-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi — gumondor СIZOga joylashtirildiJamiyat

Toshkentda «A» tasmasidagi qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etish tizimi ishga tushirildi

Toshkentda «A» tasmasidagi qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etish tizimi ishga tushirildi

Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida jamoat transporti uchun ajratilgan «A» tasmasida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kameralar ishlay boshladi. Ular bosqichma-bosqich boshqa ko‘chalarda ham o‘rnatiladi.

Farg‘ona yo‘li ko‘chasida nazoratning yo‘lga qo‘yilishi

Toshkent shahrida jamoat transporti uchun mo‘ljallangan «A» ajratilgan tasmasi bo‘ylab transport vositalari harakatini avtomatik nazorat qilish tizimi rasman ishga tushirildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) ma’lum qildi.

Nazorat kameralari o‘rnatilgan dastlabki hudud Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘lib, tizim har ikkala yo‘nalishdagi 6 kilometrlik masofani qamrab olgan. YHTEM ma’lumotiga ko‘ra, bunday kameralar poytaxtning BRT infratuzilmasi va avtobus yo‘laklari tarmog‘ini kengaytirish doirasida boshqa ko‘chalarda ham bosqichma-bosqich foydalanishga topshiriladi.

Tasma maqsadi va cheklov tartibi

Ajratilgan «A» tasmalarining asosiy maqsadi jamoat transportiga ustuvorlik berish, jadvallarga rioya qilinishini ta’minlash va avtobuslarning ushlanib qolishining oldini olishdan iborat.

Tegishli huquqqa ega bo‘lmagan transport vositalarining «A» tasmasi bo‘ylab harakatlanishi har kuni soat 06:00 dan 23:00 gacha taqiqlanadi. Haydovchilardan yo‘l belgilari hamda chiziqlari talablariga rioya qilish va taqiqlangan vaqtda avtobus yo‘laklariga chiqmaslik so‘raladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish