Qashqadaryoda o‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga intizomiy chora ko‘rildiJamiyatO‘zbekistonda yil boshidan buyon uy-joy savdosi 18 foizdan ziyodga oshdiJamiyatO‘zbekistonda raqamli «Baliqchi kartasi» yo‘lga qo‘yiladiJamiyatPodpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB YHXXB boshlig‘i etib tayinlandiJamiyatToshkent metropoliteni bir sutkalik yo‘lovchi tashish bo‘yicha absolyut rekordni yangiladiJamiyatSaida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiSiyosatToshkentda hovlida navbatdagi Zeekr 001 yonib ketdiJamiyatAlisher Navoiy kutubxonasi ortida avtoturargoh va baggiga ega park zonasi barpo etiladiJamiyatWildberries Zangiota tumanida 67,3 gektar maydonda yangi omborxona majmuasini barpo etadiJamiyatToshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiJamiyat

O‘zbekistonda bank depozitlaridan olinadigan daromadga 5 foizli soliq joriy etish taklif qilindi

O‘zbekistonda bank depozitlaridan olinadigan daromadga 5 foizli soliq joriy etish taklif qilindi

Soyadagi iqtisodiyotni qisqartirish instituti ekspertlari O‘zbekistonda bank omonatlari bo‘yicha foizli daromadlardan 5 foiz miqdorida depozitlar solig‘i undirish tashabbusi bilan chiqdi.

O‘zbekistonda bank omonatlari bo‘yicha foizli daromadlarni 5 foizli soliqqa tortish taklif etilmoqda. Ushbu tashabbus Toshkentda o‘tkazilgan «Fiskal muloqot» anjumani davomida Soyadagi iqtisodiyotni qisqartirish instituti ekspertlari tomonidan ilgari surildi.

Hozirgi kunda bank depozitlari bo‘yicha foizlar 1998-yildan buyon soliqdan ozod qilingan yagona passiv daromad turi hisoblanadi. Taqqoslash uchun, dividentlar 5 foizlik stavka bo‘yicha, ijara, royalti hamda kapital ortishidan olinadigan daromadlar esa 12 foizdan soliqqa tortiladi. Ekspertlar omonatlardan olinadigan daromadlarni Soliq kodeksining 381-moddasiga muvofiq dividendlar stavkasiga tenglashtirishni taklif qilmoqda.

Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra jismoniy shaxslarning depozitlari umumiy hajmi 170,2 trillion so‘mni tashkil etgan. Omonatlarning o‘rtacha daromadliligi 16 foiz bo‘lgan taqdirda, 5 foizlik depozitlar solig‘ijoriy etilishi davlat byudjetiga har yili qo‘shimcha 1,4 trillion so‘m atrofida tushum keltirishi mumkin.

Tashabbus mualliflarining ta’kidlashicha, bunday amaliyot xalqaro tajribaga to‘liq mos keladi. Xususan, depozit daromadlaridan soliq undirish stavkasi Qozog‘iston va Ozarbayjonda 10 foizni, Tailandda 15 foizni, Indoneziyada 20 foizni, Germaniyada 26,4 foizni hamda Turkiyada 15 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan ko‘rsatkichni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, 2026-yil aprel oyida milliy valyutadagi muddatli omonatlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 17,4 foizni tashkil etgan.