В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

O‘zbekistonda 2027-yildan aholiga bepul beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda 2027-yildan aholiga bepul beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab 69 turdagi dori bepul beriladi. Reimbursatsiya dasturi doirasida dori-darmonlar elektron retsept asosida tarqatiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan yangilangan reimbursatsiya dasturi doirasidagi dorilar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab onkologik, ruhiy, yurak-qon tomir va endokrin kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan 69 turdagi dori vositasi aholiga bepul yetkazib beriladi.

Ro‘yxatdan Aspirin, Bisoprolol, Omeprazol, Tramadol kabi keng qo‘llaniladigan dori preparatlari joy olgan. Ushbu tartib ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlarning dori xarajatlarini davlat budjeti hisobidan qoplashni nazarda tutadi.

Reimbursatsiya tizimi orqali dori olish uchun bemorlar oilaviy shifokor tomonidan beriladigan elektron retseptga ega bo‘lishlari lozim. Shundan so‘ng, ushbu retsept asosida Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalardan dori vositalarini mutlaqo bepul olish mumkin bo‘ladi.

Mazkur tizim Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi qarori bilan tartibga solingan bo‘lib, u tibbiy yordam sifatini oshirish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan. Bu qadam mamlakatda bosqichma-bosqich joriy etilayotgan majburiy tibbiy sug‘urta tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.