So‘nggi:
Farg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyoDenovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqdaJamiyatToshkent metrosida yo‘lovchining mobil telefoni yonib ketishiga sal qoldiJamiyatDominikanda xususiy samolyot halokatga uchradiDunyoO‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladiJamiyat

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab to‘lovlar va haydovchilar uchun yangi qoidalar kuchga kiradi

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab to‘lovlar va haydovchilar uchun yangi qoidalar kuchga kiradi

1-apreldan O‘zbekistonda avtomobil va uy-joy uchun naqd pulsiz to‘lov, haydovchilarga jarima ballari hamda chet elliklar uchun Tax Free tizimi joriy etilmoqda.

Ikkinchi chorak boshidan yirik xaridlar uchun naqd pulda to‘lash imkoniyati cheklanadi hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ballar tizimi ishga tushadi. Islohotlar tibbiyot, ijtimoiy himoya va soliq sohalarini ham qamrab oladi.

2026-yilning 1-aprelidan O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qator yangiliklar joriy etiladi. Endilikda bir qator tovar va xizmatlar uchun faqat naqd pulsiz shaklda (karta yoki bank ilovalari orqali) hisob-kitob qilish majburiy etib belgilandi. Kommunal to‘lovlar, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi, shuningdek, barcha turdagi yonilg‘i quyish (benzin, gaz, elektr) shular jumlasidandir. Bundan tashqari, 25 mln so‘mdan oshadigan har qanday xarid, ko‘chmas mulk va avtomobillar (M, N, O, G toifasidagi 10 yoshgacha bo‘lgan texnikalar) oldi-sotdisi faqat bank orqali amalga oshiriladi. Notariuslar bunday shartnomalarni bankdan elektron tasdiqnoma olgandan keyingina rasmiylashtiradi.

Haydovchilar uchun esa uzoq kutilgan jarima ballari tizimi amaliyotga kiritilmoqda. Kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun nafaqat pul jarimasi, balki maxsus ballar ham hisoblanadi. Yil davomida to‘plangan ballar miqdori belgilangan me’yordan oshib ketsa, bu haydovchilik guvohnomasidan vaqtincha mahrum qilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy sohada ham muhim yangilanishlar bor. Davlat shifoxonalari besh kunlik ish haftasiga o‘tadi, biroq dam olish kunlari navbatchilik tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun «SOS» tizimi ishga tushiriladi. Nukus shahrida ayrim bog‘chalarda to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar beriladi, ofitserlarning ko‘p yillik xizmati uchun ustamalar esa ikki baravarga oshiriladi.

Turizmni qo‘llab-quvvatlash maqsadida chet el fuqarolari uchun Tax Free tizimi to‘liq ishga tushadi: bu xorijliklarga O‘zbekistondan olib chiqayotgan tovarlari uchun to‘langan QQS summasining 85 foizigacha qaytarib olish imkonini beradi. Shuningdek, notariuslar faoliyati uchun ruxsat etilgan yuqori yosh chegarasi ham uzaytirildi.