So‘nggi:
Moskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradiDunyoO‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildiJamiyatRossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyat

O‘zbekiston temir yo‘llari Chexiyaning Škoda Group kompaniyasi bilan 143 mln dollarlik yangi kelishuvni imzoladi

O‘zbekiston temir yo‘llari Chexiyaning Škoda Group kompaniyasi bilan 143 mln dollarlik yangi kelishuvni imzoladi

O‘zbekiston va Škoda Group 143 mln dollarlik elektropoyezdlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Kelishuv doirasida xizmat ko‘rsatishni mahalliylashtirish va yangi mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Mamlakatimiz transport infratuzilmasini tubdan yangilash strategiyasi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamda Chexiyaning mashhur Škoda Group xoldingi o‘rtasida strategik hamkorlik bitimi tuzildi.

Mazkur shartnomaga ko‘ra, o‘nta yangi avlod elektropoyezdlarini yetkazib berish ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 3 milliard chex kronasidan (taxminan 143 million AQSH dollari) oshadi. Shartnoma imzolanishi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishning uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tdi. Boltiqbo‘yi davlatlari tajribasidan o‘tgan texnik platforma asosida ishlab chiqariladigan ushbu poyezdlar respublika hududlarida yo‘lovchi tashish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kompaniya rahbari Petr Novotniy ushbu kelishuvni ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi ko‘p yillik ishonchli muloqotning natijasi deb baholadi.

Loyiha poyezdlarni shunchaki xarid qilish bilan cheklanmay, ularni texnik qo‘llab-quvvatlash tizimini ham o‘z ichiga oladi. Kelishuvga ko‘ra, Škoda Group poyezdlariga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlari bevosita O‘zbekistonda tashkil etiladi. Bu bosqichda chexiyalik mutaxassislar o‘z tajribalarini mahalliy muhandislarga o‘rgatishadi, natijada kelajakda poyezdlarni ta’mirlash va texnik nazorat qilish ishlari to‘liq mahalliy hamkorlar tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish va temir yo‘l sohasi mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan Škoda Academy loyihasini hayotga tatbiq etishga kelishib oldilar.