O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekiston energiya tizimi mart oyi uchun iste’mol rekordini yangiladi

Mart oyidagi anomal sovuqlar tufayli O‘zbekiston energiya tizimi iste’mol rekordini yangiladi va o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan o‘zib ketdi.

Mart oyi uchun xos bo‘lmagan anomal sovuqlar fonida O‘zbekiston energiya tizimi mart oyi uchun elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekordni qayd etdi. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 11-mart kuni sutkalik ehtiyoj 267 mln kVt·soatga yetib, 2025-yilning shu kuniga nisbatan 14 mln kVt·soatga ko‘p bo‘ldi.

Shu bilan birga, energiya tizimiga tushgan maksimal yuklama ham ortdi. Kechki iste’mol cho‘qqisida — soat 18:12 da maksimal yuklama 12 680 MVtni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mart oyiga nisbatan 480 MVtga yuqoridir. Ortib borayotgan talabni qoplash uchun mamlakat elektr stansiyalari o‘sha kuni 272 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi.

Energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi ortib borayotgani diqqatga sazovordir. Kun davomida umumiy ishlab chiqarishning 20,9 foizi aynan yashil energiya hissasiga to‘g‘ri keldi. Quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy hajmning 14,3 foizini ta’minladi, kunning ayrim soatlarida esa ularning ulushi 35 foizgacha yetdi.

Iste’molning keskin o‘sishi havo haroratining pasayishi bilan bog‘liq. «O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, 11-mart kuni qator hududlarda tungi harorat 13 darajagacha sovuq, kunduzi esa 0–10 daraja iliqni tashkil etgan.