Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

O‘zbekiston banklarida AI maslahatchilar joriy etiladi

O‘zbekiston banklarida AI maslahatchilar joriy etiladi

O‘zbekiston banklarida AI maslahatchilar joriy etiladi. Bu qaror Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish va kreditlash samaradorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda e’lon qilindi.

Rejaga ko‘ra, yangi raqamli yechimlar biznes loyihalarni tahlil qilish, xatarlarni baholash va talabni prognozlashda qo‘llaniladi. Bu esa banklarga kredit ajratishda yanada asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

2026-yilda bank tizimi orqali kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 140 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, ushbu mablag‘lardan foydalanish samaradorligi hududlar kesimida sezilarli farq qilayotgani qayd etildi.

Ayrim shaharlarda har 1 milliard so‘m hisobiga 20 tagacha ish o‘rni yaratilayotgan bo‘lsa, ayrim tumanlarda bu ko‘rsatkich atigi 3 taga teng. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, loyihalarni aniqroq tanlash orqali qo‘shimcha 36 mingtagacha ish o‘rni yaratish mumkin.

Bundan tashqari, taxminan 60 ming nafar fuqaroning daromadlarini yashirin iqtisodiyotdan chiqarish kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev bank tizimida raqamli texnologiyalarni tezroq joriy etish va xodimlarni sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘qitishni topshirdi.

Shuningdek, “AI-maslahatchi” platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, u loyihalarni avtomatik tahlil qilib, qaror qabul qilish jarayonida yordam beradi.

Izohlar

    Izoh qoldirish